PREZIDENT FARMONI IJROSI DOIRASIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

Samarqand shahrida Prezidentning 2025-yil 26-iyundagi 105-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amaliyotga qaratilgan ishlar boshlab yuborildi.
Shu doirada Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda shahar bo‘limi tashabbusi bilan tegishli tashkilot va korxona rahbarlari, shuningdek, mahalla yettiligi vakillari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbirda Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari H.Saparov hamda shahar bo‘limi boshlig‘i R.Islomov ishtirok etib, Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan:
▫️aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish,
▫️pensiya va nafaqa ta’minotini samarali tashkil etish,
▫️mahallalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berishdi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va amaliy vazifalar yuzasidan aniq ko‘rsatmalarga ega bo‘lishdi.
Yangiliklar
7-Avgust, 2025-yil
6-Avgust, 2025-yil
6-Avgust, 2025-yil
6-Avgust, 2025-yil
5-Avgust, 2025-yil