Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

PANJIKENT VA CHUQURYO‘L KO‘CHASIDA ISHLAR QIZG‘IN

Panjikent va Chuquryo‘l ko‘chasida ishlar qizg‘in

Samarqand shahridagi Panjikent va Chuquryo‘l ko‘chasida to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edik. 

Ayni paytda ham Chuquryo‘l (Makoronka) ko‘chasining Rudakiy ko‘chasigacha hamda Panjikent ko‘chasining Sadriddin Ayniy ko‘chasi bilan kesishmasidan M-39 xalqaro avtomobil yo‘li (Toyloq krugi)gacha bo‘lgan qismida ishlar qizg‘in davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ikki ko‘chaning ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanmoqda va ishlar yakunlangach navbati bilan ochib borilyapti. 

Shu o‘rinda hurmatli hamshaharlarimiz va shahrimiz mehmonlaridan shahar obodligi yo‘lida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari natijasida yuzaga kelayotgan ayrim noqulayliklarni to‘g‘ri qabul qilishlarini so‘rab qolamiz.

 
 
29-Aprel, 2023-yil 11:45 |