PANJIKENT KO‘CHASINING AYRIM QISMI ASFALT YOTQIZILAYOTGANI BOIS VAQTI-VAQTI BILAN YOPILADI
Samarqand shahridagi Panjikent ko‘chasiga asfalt qoplamasini yotqizish va ko‘chani transport vositalari harakatlanmaydigan qismini ham ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
Shu bois Panjikent ko‘chasining Sadriddin Ayniy ko‘chasi bilan kesishmasidan M-39 xalqaro avtomobil yo‘li (Toyloq krugi)gacha bo‘lgan qismida ayni paytda ishlar boshlanganini ma’lum qilamiz.
Ushbu hududda ishlarni sifatli tashkil etish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘chaning ta’mirlanayotgan qismi (500 metrdan)da transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklab boriladi.
Aytish o‘rinliki, ko‘chaning ta’mirlab bo‘lingan qismi navbati bilan ochib boriladi va o‘sha hududda transport vositalarining harakati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar
3-Dekabr, 2024-yil
2-Dekabr, 2024-yil