PANJIKENT KO‘CHASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY MUHIT YARATILADI
Samarqand shahar hokimining o‘rinbosarlari F.Najmiddinov va F.Nishonov boshchiligida Panjikent ko‘chasida piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Tadbir davomida piyodalar o‘tishi va ko‘cha ko‘rinishiga xalal berayotgan noqonuniy qurilmalar, ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama vositalari joyida aniqlanib, ularni olib tashlash ishlari boshlandi.
Mazkur ishlar piyodalar xavfsizligi, ko‘cha qiyofasini tartibga keltirish hamda shahar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.
Shuningdek, savdo do‘konlari egalariga belgilangan talablarga amal qilish, fasad va reklama joylashuvi bo‘yicha huquqiy izohlar berildi.
17-Noyabr, 2025-yil 14:01 |