Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

O‘ZBEKISTONGA TURISTIK MAQSADLARDA KELGAN CHET EL FUQAROLARI NECHA NAFARNI TASHKIL ETDI?

O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari necha nafarni tashkil etdi?

 

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-cyentyabr oylarida jami 5,7 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 825,8 ming nafarga yoki 16,8 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida yurtimizga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Tojikiston – 1,6 mln nafar;

Qirg‘iz Respublikasi – 1,6 mln nafar;

Qozog‘iston – 1,1 mln nafar;

Rossiya – 609,7 ming nafar;

Turkmaniston – 120,4 ming nafar;

Turkiya – 84,3 ming nafar;

Xitoy – 50,4 ming nafar;

Hindiston – 48,6 ming nafar;

Janubiy Koreya – 32,6 ming nafar;

Italiya – 30,3 ming nafar;

Boshqa davlatlar – 311,9 ming nafar.

 
 
23-Oktabr, 2024-yil 13:42 |