Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

O'ZBEKISTON MAHALLALARI UYUSHMASI RAISI SAMARQAND SHAHRIDA

O'zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Samarqand shahrida

O'zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Q.Quronboyev Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari H.To'xtayev va uyushmaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov hamrohligida Samarqand shahridagi "Navro'z" MFY xizmat binosi hamda uning yonida joylashgan 2-son Madaniyat markazida bo‘lib, ob'yektlarning ichki va tashqi qismi bilan yaqindan tanishdi. 

Uyushma raisi tomonidan mahalla binosini zamonaviy qiyofaga keltirish, Madaniyat markazini  ta'mirlash, stadion yonida "Workout" maydoni qurish, mahalla kutubxonasini yangi kitoblar bilan boyitish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar yuklandi.

Shuningdek, "yettilik" tarkibi bilan birma-bir muloqot qilinib, aniq vazifalar belgilab berildi. 
 

 
 
23-Sentabr, 2025-yil 19:42 |