Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

OXIRGI 3 YILDA UZBEKCODERS.UZ PLATFORMASI ORQALI 1 MILLIONDAN ORTIQ YOSHLARIMIZ DASTURLASH BO'YICHA ONLINE KURSLARNI BEPUL O'QISH IMKONIYATIGA EGA BO'LISHDI.

Oxirgi 3 yilda Uzbekcoders.uz platformasi orqali 1 milliondan ortiq yoshlarimiz dasturlash bo'yicha online kurslarni BEPUL o'qish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

 

O'tgan hafta davlatimiz rahbari IT park majmuasiga tashrif buyurib, Sun'iy intellekt sohasini rivojlantirish bo'yicha strategiyani belgilab berdilar.  

Sun'iy intellekt sohasini rivojlantirishning eng muhim yo'nalishi etib - yoshlarimiz Sun'iy intellekt texnologiyalardan unumli foydalanishlari uchun bilim va ko'nikmalarini doimiy yaxshilab borish zarur ekanligini ta'kidladilar.

✅ Tashrif davomida “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgani hamda endilikda ushbu loyihaning mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga ➡️ start berilishi e'lon qilindi. 

💻 Endi, Sun'iy intellekt sohasida bepul ta'lim olish - aileaders.uz platformasi orqali amalga oshiriladi!

 
 
1-Noyabr, 2025-yil 15:26 |