O‘QUV SOATI — DAVLAT TILIGA EHTIROM IFODASI

21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Samarqand shahar hokimligi xodimlari uchun o‘quv soati tashkil etildi.
Tadbirda davlat tilining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, uning qadri va ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
Samarqand davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Saodat Yuldosheva davlat tilining boy lug‘aviy zaxirasi, uning zamonaviy qo‘llanish madaniyati hamda davlat xizmatchilarida tilga hurmat tuyg‘usini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o'zlarining fikr-mulohazalarini bildirib, ona tilimiz – o‘zbek tilini ardoqlash va uning nufuzini oshirish yo‘lida mas’uliyat bilan faol bo‘lish zarurligini ta’kidladilar.
Yangiliklar
22-Oktabr, 2025-yil
21-Oktabr, 2025-yil