✅ ONLAYN RO‘YXATDAN O‘TISH TUGASHIGA ATIGI 3 KUN QOLDI.
Aholi ro‘yxatga olish nima uchun kerak va nega bu aynan siz, oilangiz va kelajak uchun muhim?
Aholini ro‘yxatga olish - bu oddiy so‘rovnoma emas. Bu davlatning o‘z aholisi haqidagi ma’lumotlarni real holatda bilish uchun kerak bo‘lgan eng muhim manba hisoblanadi. Davlatga alohida odam emas, balki millionlab odamlardan tuzilgan umumiy manzara kerak.
Bu siz uchun nima beradi?
Ro‘yxatga olish natijalari asosida yashab turgan hududingizda qancha maktab, bog‘cha, poliklinika, yo‘l va jamoat transporti kerakligi aniq hisoblab chiqiladi. Agar aholi soni kam ko‘rsatilsa, resurslar ham kam ajratiladi. Ya’ni, javob bermaslik yoki beparvolik bilan jarayonda qatnashmaslik oxir-oqibat o‘zingizga salbiy ta’sir qiladi.
Bu oila uchun nima beradi?
Oilalar tarkibi, bolalar soni, ish bilan bandlik kabi ma’lumotlar orqali ijtimoiy nafaqalar, imtiyozlar, uy-joy dasturlari va tibbiy xizmatlar rejalashtiriladi. Ro‘yxatga olish - bu kelajakda oilangiz qanday qo‘llab-quvvatlanishini belgilab beradigan asos.
Bu mamlakat uchun nima beradi?
Davlat iqtisodiyotni, mehnat bozorini, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini taxmin bilan emas, aniq raqamlar asosida rejalashtiradi. Qaysi hudud rivojlanadi, qaysi joyda muammo bor - barchasi shu ma’lumotlar orqali ko‘rinadi.
Eng muhimi - kelajak.
Ro‘yxatga olish bugun uchun emas, 10–20 yil keyingi O‘zbekiston uchun qilinadi.
Shuning uchun aholi ro‘yxatga olish:
- nazorat emas;
- soliq yoki jarima emas;
- shaxsiy hayotga aralashuv emas.
Yangiliklar
29-Yanvar, 2026-yil
28-Yanvar, 2026-yil
28-Yanvar, 2026-yil