Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

O‘N OLTITA TUMANNI JADAL RIVOJLANTIRISHGA BU YIL JAMI 1,1 TRILLION SO‘M AJRATILDI. BUNDAY YONDASHUVLARNI JAHON BANKI HAM E’TIROF ETIB, 250 MILLION DOLLAR BERMOQDA.

O‘n oltita tumanni jadal rivojlantirishga bu yil jami 1,1 trillion so‘m ajratildi. Bunday yondashuvlarni Jahon banki ham e’tirof etib, 250 million dollar bermoqda.

 

Kelgusi yilda yana 500 million dollar hisobiga 30 ta tumanda shunday ishlar amalga oshiriladi. Bu sanoat, servis, qurilish sohalaridagi tadbirkorlarga katta imkoniyat, yuz minglab ish o‘rinlari yaratish uchun sharoit bo‘ladi.

Biznes vakillarida qo‘shimcha joy olishga ehtiyoj bor. Lekin ijara narxi, sharti tez o‘zgarayotgani ularning kelgusi rejalariga ta’sir qilmoqda.

Endilikda davlat ob’yektlari va yer uchastkalari yillik ijara narxini indeksatsiya qilish inflyasiya darajasidan oshirilmaydi. 

Kelgusi yildan davlat aktivlari besh yilga ijaraga beriladi. Agar ijarachi o‘zi xohlasa yoki majburiyatini bajarmasagina shartnoma bekor bo‘ladi.

1991 yilda qabul qilingan “Ijara to‘g‘risida”gi qonun asosan davlat organlari manfaatini himoya qilishga qaratilgani qayd etildi. Shu bois ijaraga beruvchi va ijarachi huquqlarini birdek himoya qiladigan yangi tahrirdagi qonun ishlab chiqiladi.

 
 
20-Avgust, 2025-yil 18:28 |