“OMMAVIY DIKTANT” SAVODXONLIK AKSIYASI BO‘LIB O‘TDI

2025-yil 28-may kuni shahardagi tashkilot, korxona va muassasa xodimlari o‘rtasida yozma savodxonlikni targ‘ib qilish maqsadida “Ommaviy diktant” aksiyasi tashkil etildi.
Ushbu tadbir Shahar hokimligi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi shahar Kengashi hamkorligida o‘tkazildi.
Ishtirokchilar diktant yozib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Aksiya yakunida yuqori natijalarga erishgan xodimlar tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Norbek Alqarov,
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi.
28-May, 2025-yil 18:19 |