HOKIM RIGA SHAHRIDAGI O‘ZBEKISTON SAVDO UYI RAHBARI BILAN UCHRASHDI
Samarqand shaahar hokimligida shahar hokimi Fazliddin Umarovning Riga shahridagi O‘zbekiston Savdo uyi direktori Galperin Vladimir Aronovich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2021 yildan beri faoliyatini boshlagan ushbu savdo uyida Samarqand shahridagi ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etgan holda eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha shahar hokimligining amaliy yordam berishini ta’dkidladi hokim. Shuningdek, bu uchun tegishli yo‘l xaritasini ishlab chiqib, qiziqish yuqori bo‘lgan oziq-ovqat va tekstil mahsulotlariga alohida yondashishga kelishib olindi. Shu bilan birga, ikki davlatning tadbirkorlari ishtirokida investisiya loyihalarini tuzish va ularni amalga oshirish borasida savdo uyi rahbari bevosita qatnashgan holda yordam berishini bildirdi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Yangiliklar
21-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
19-Noyabr, 2024-yil