Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

OILAVIY BOG‘CHALARGA 3 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLALARNI HAM QABUL QILISHGA RUXSAT BERILADI

Oilaviy bog‘chalarga 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat beriladi

 

Oilaviy bog‘chalarga 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat beriladi

“Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–322-son, 14.07.2022 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 sentyabrdan:

🔘 oilaviy nodavlat bog‘chalarda:

🔹qatnayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari va maxsus kontingentlar soni tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam bo‘lganda, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etiladi;
🔹tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi;
🔹tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga byudjetdan ish haqini qoplash uchun subsidiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu xodimlarning plastik kartasiga o‘tkazib beriladi;

🔘davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bog‘chalarda, oilaviy bog‘chalarda:

🔹byudjetdan to‘lanadigan subsidiya va kompensatsiyalarni hisoblashda 3 yosh va undan katta yoshdagi, lekin 7 yil 8 oydan katta bo‘lmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi;
🔹ota-onalar to‘lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilab 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi;

🔘 tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz ta’minoti bo‘lmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan foydalanayotgan DXSH asosidagi va nodavlat bog‘chalarga ham to‘lanadi.

 
 
15-Iyul, 2022-yil 10:03 |