Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

OBODONLASHTIRISH XODIMLARI UCHUN OSH TASHKIL ETILDI

Obodonlashtirish xodimlari uchun osh tashkil etildi

Havo haroratining keskin pasayib ketishiga qaramay, xizmat vazifalarini vijdonan bajarib,  shahrimiz aholisi bu kabi qorli kunlarda bemalol harakatlanishlari uchun qulaylik yaratishda jonbozlik ko‘rsatayotgan shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi tozalovchi xodimlarining mehnati har qanday e'tirofga loyiqdir.

Bugun Samarqand shahrining bir qator mahallalarida Sanoat Qurilish bank Samarqand filiali,  Ipoteka bank Samarqand filiali hamda Trast bank Samarqand filiali tashabbusi bilan ushbu tozalik posbonlari uchun tushlik tashkil qilinib, osh tarqatildi.

SHuningdek, ularga issiq kiyimbosh va qo‘lqoplar sovg‘a qilindi. 

Bu kabi xayrli ishlar davom etmoqda...

 
 
13-Yanvar, 2023-yil 13:36 |