OBODONLASHTIRISH, ATROF MUHITNI ASRASH VA YO‘L INFRATUZILMASINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Samarqand shahrida obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish borasidagi amaliy ishlar o‘rganilmoqda.
Shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda mutasaddi tashkilotlar va sohaviy xizmatlar vakillari ishtirokida shahar ko‘chalaridagi mavjud holat o‘rganish ishlari olib borilyapti.
Navbatdagi ishlar M–37 hamda Afrosiyob ko‘chalari bo‘ylab davom etdi.
Unda yo‘llarning texnik holati, piyodalar yo‘laklari, yo‘l belgilari, ko‘cha yoritish tizimi, muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi.
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda shahar ko‘chalarining obod va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
21-Oktabr, 2025-yil 13:52 |
Yangiliklar
Hurmatli Fuqarolar❗️i
20-Oktabr, 2025-yil
Samarqand Shahrida Obodonlashtirish Ishlari O‘Rganilyaptii
20-Oktabr, 2025-yil