NUROBODGA YANGI TRANSFORMATOR QO‘YILADI
Hozir Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning shahardagi Nurobod mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
Unda fuqarolardan asosan, elektr energiyasi, yangi transformator o‘rnatish, obodonlashtirish hamda moddiy yordam va boshqa masalalar bo‘yicha murojaat bo‘lmoqda.
Murojaatlarning aksariyati joyida yechimini topmoqda.
- Mahallada qo‘shimcha transformatorga ehtiyoj bormi, demak o‘rnatishimiz shart, - dedi hokim murojaatchilardan biriga. - Bu masalani nazoratimga olaman va keyingi yilning birinchi choragida, albatta, transformator qo‘yiladi.
Samarqand shahar hokimining bu kabi qabullari barcha mahallada o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
12-Dekabr, 2023-yil 16:14 |
Yangiliklar
Amir Shohmurod Kim Va "Tinchlik Qadri" Hujjatli Film Nima Haqda?i
24-Yanvar, 2025-yil
Samarqand Shahrida "Uch Avlod Uchrashuvi"i
23-Yanvar, 2025-yil
“Biz Bir Bo‘Lsak – Yagona Xalqmiz, Birlashsak – Vatanmiz!”i
23-Yanvar, 2025-yil
Samarqand Shahri Aholisini Tibbiy Ko‘Rikdan O‘Tkazish Davom Etmoqdai
22-Yanvar, 2025-yil