NOQONUNIY QURILMALAR BARTARAF ETILMOQDA
Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlar davomida Samarqand shahar “Botir Zokirov" mahallasi, Sattepo maskani 80 va 69 B-sonli ko'p kvartirali uy-joylarning oraliq tutash hududidan o'zboshimchalik bilan (naves) qurilmalar qurilganligi aniqlandi.
Huquqbuzarlarga holatning huquqiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berilib, yozma ravishda ogohlantirildi. Olib borilgan targ‘ibot, tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilmalar huquqbuzarlarning o'z ixtiyorlari va o'z hisobidan to‘liq buzib olindi.
26-Avgust, 2025-yil 10:52 |
Yangiliklar
Shahar Hokimi Yoshlarning Muammo Va Takliflarini Tinglamoqdai
13-Fevral, 2026-yil
Bibixonim Masjidini Restavratsiya Qilish Loyihalari KoʻRib Chiqildii
12-Fevral, 2026-yil