NAVRO‘Z ARAFASIDA QABRISTONLARDA HASHAR O‘TKAZILMOQDA
Bahor kunlari, Navro‘z bayrami munosabati bilan Samarqand shahrida umumxalq hasharlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, hurmat va ehtirom timsoli bo‘lgan shahrimizdagi barcha qabristonlarda tozalash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirilyapti. Hashar davomida yo‘laklar, daraxtlar va hududlar tozalanib, qulay muhit yaratishga e’tibor qaratilmoqda.
Ajdodlar ruhini shod etish, ota-bobolar xotirasini ulug‘lash hamda milliy qadriyatlarimizni ardoqlash yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri bo‘lgan hasharda mahalla faollari, tashabbuskor yoshlar va mutasaddi tashkilotlar ishtirok etyapti.
16-Mart, 2025-yil 11:39 |
Yangiliklar
Shahar Rahbarining Navbatdagi Manzili Ko‘L Mahallasi Bo‘Ldii
25-Mart, 2026-yil
Shahar Rahbari Mingtut Mahallasidagi Muammolarni Joyida O‘Rgandii
25-Mart, 2026-yil