NAVOIYNING BOY MADANIY MEROSI ULUG‘LANIB, E’TIROF ETILDI
Bugun buyuk mutafakkir tavalludining 581 yilligi munosabati bilan uning nomi bilan ataluvchi bog‘ markazida o‘rnatilgan Alisher Navoiy haykali poyida tadbir o‘tkazildi. Unda buyuk bobokalonimizning hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kundagi qadr-qimmati xususida fikr yuritildi.
Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho ma’naviy merosiga aylangani qayd etildi. Turli tillarda g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qildi.
Viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan Navoiy siymosi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbirda Samarqand shahar hokimligi va qator tashkilotlar tomonidan Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
Sanaga bag‘ishlangan tadbirlar Samarqand shahridagi mahallalar, ta’lim muassasalari va madaniyat maskanlarida konsert dasturlari va mushoira kechalari bilan davom etmoqda.
Yangiliklar
21-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
19-Noyabr, 2024-yil