NAVBATDAGI O‘QUV-SEMINARI SAID MAHALLASIDA BO'LDI

Samarqand shahar hokimligining reja-jadvaliga asosan, shahardagi Said mahallasida Hokim yordamchilari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.
Samarqand shahridagi 1-sektor hududida hokim yordamchilarining ish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan o'quv-seminarida Said mahallasida birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan hamda yil yakuniga qadar qilinishi kerak bo‘lgan ishlar tug‘risida ma’lumot berildi.
Seminarda hokimning mahalladagi vakillari o‘zaro fikr almashib, ish faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari va navbatdagi rejalari haqida kelishib oldi.
Bu kabi o‘quvlar mahalladagi xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilari o‘rtasida ham tashkil etilmoqda.
31-Iyul, 2024-yil 19:44 |
Yangiliklar
Yana Bir Noqonuniy Qurilish Buzildii
27-Mart, 2025-yil
Jinoyatchilikka Qarshi Kurashish Bo‘Yicha Ishlar Davom Etyaptii
26-Mart, 2025-yil