NAVBATDAGI KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi kotibiyatida “Sanoat, transport qurilish, aloqa, kommunal xo‘jalik hamda aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari" bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi va a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra quyidagi masalalar muhokama etildi:
1. “Samarqand shahar gaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i M.Jalmatovning “2022-yil yakuni bilan amalga oshirgan ishlari va 2023-yil istiqbolli rejalari to‘g‘risida”gi hisoboti
2. Shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i A.Norqobilovning “Samarqand shahar aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida 2022-yil yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va 2023-yil istiqbolli rejalari to‘g‘risida”gi hisoboti.
3. Uy-joy komunal xizmat ko‘rsatish shahar bo‘limi boshlig‘i T.Gulmurodovning “Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish, obodonlashtirish va kommunal sohada xizmatlarni rivojlantirish to‘g‘risida”gi hisoboti.
4. Shahar hokimining o‘rinbosari R.Olimovning shaharda 2022-yilgi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti.