Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

MUTASADDILAR DEPUTATLARGA HISOB BERDI XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND SHAHAR KENGASHINING O’N SAKKIZINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI.

Mutasaddilar deputatlarga hisob berdi Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining o’n sakkizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Ish va kun tartini tasdiqlab olgan deputatlar dastlab Samarqand shahar hokimi F.Umarovning “2025-yil 1-yarim yilligi yakuni bilan amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida”gi hisobotini tinglladi.
Shundan song shahar soliq inspeksiyasi rahbari L.Rasulovning “Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilinganishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida”gi hisobotini tinglashdi.
Sessiyada Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi rahbari A.Babajanovning hisoboti ham deputatlarni befarq qoldirmadi. A.Babajanov “Hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida”gi deputatlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.
Samarqand shahrida “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, xizmat va qishloq xoʻjaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalar boʻyicha takliflar koʻrib chiqilib maʼqullandi. Shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi masala ham qizg’in muhokama qilindi.
Sessiya davomida deputatlar Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalrni ham ko’rib hiqishdi.
Muhokama qilingan barcha masalalar boyicha Kengash qarori qabul qilindi.

 
 
15-Avgust, 2025-yil 22:18 |