Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

MUSTAQILLIK MAHALLASIDA HUQUQ-TARTIBOT IDORASI QURILADI

Mustaqillik mahallasida huquq-tartibot idorasi quriladi

 

Shu maqsadda bugun Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov boshchiligidagi bir guruh mas’ullar Mustaqillik mahallasida bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mahallada yangi huquq-tartibot idorasi qurilishi belgilangan hudud joyida muhokama etildi. 

Ushbu qarorga muvofiq, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda mahalliy idoralarning faoliyatini kuchaytirish maqsad qilingani va bu orqali mahallada xavfsizlikni ta’minlash bir necha barobarga oshishi ta’kidlandi. 

Shuningdek, hokim so‘zida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va xavfsizligini ta’minlash mahallani yanada obod va xavfsiz qilish maqsadida qo‘shimcha ravishda videokuzatuv tizimlari o‘rnatilishiga ham to‘xtalib, dastlabki ishlar boshlashga ko‘rsatma berdi.
 

 
 
14-Mart, 2025-yil 15:40 |