Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MUNOSABAT: "SNOS"GA TUSHGAN UYLARNING EGALARIGA KOMPENSATSIYA TO‘LIQ TO‘LAB BERILMOQDA

Munosabat: "Snos"ga tushgan uylarning egalariga kompensatsiya to‘liq to‘lab berilmoqda

Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayevning telegram kanalida ""snos" muammosi haqida Samarqand shahridan Ko‘chimova Musavvar murojaat yo‘llamoqda " mazmundagi audioxabar e’lon qilindi.

Mazkur holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, Samarqand shahrida keyingi paytlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar doirasida shahardagi ko‘plab turar va noturar binolarni ham buzish ko‘zda tutilgan va mulkdorlarga o‘z mulklariga nisbatan tovon pullari to‘liq to‘lab berilmoqda. 

Shu o‘rinda aytish o‘rinliki ayrim fuqarolar o‘z mulkiga nisbatan haddan ortiq kompensatsiya talab qilmoqda. Tabiiyki buning to‘lab berishni imkoni yo‘q va bu qonun talablariga ham to‘g‘ri kelmaydi. 

Shu bois beriladigan puldan norozi bo‘lgan fuqarolar mas’ul korxonalar tomonidan sudga berilmoqda va sudning qaroriga ko‘ra qonuniy tartibda mulkdorlarning mulki buzilmoqda.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

 
 
2-Iyul, 2022-yil 16:10 |