Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MUNOSABAT: "SAMARKAND CITY" QURILISHI QONUNIY AMALGA OSHIRILMOQDA

Munosabat: "Samarkand city" qurilishi qonuniy amalga oshirilmoqda

Kun.uz saytida "Shahar markazidagi xarobada yashayotganlar: ular “yuqori”ning beqarorligi sabab shu holatga tushgan" sarlavhali maqola e'lon qilindi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma'lum qilamiz:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 iyundagi 450-sonli “2017-2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 10-band3-xat boshidagi “Samarkand city” turizm zonasi qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan va Samarqand shahar hokimining 2018 yil 27 sentyabrdagi 1728-Q sonli ““Samarkand city” turizm zonasi qurilishi rejalashtirilgan xududdagi turar va noturar binolarni buzishga ruxsat berish to‘g‘risida”gi hamda 2018 yil 1 noyabrdagi 2093-Q sonli “Samarqand shahrining sayyoxlik potensiali va shaharsozlik konsepsiyasini rivojlantirish munosabati bilan turar va noturar-joy bino-inshootlarni buzishga ruxsat berish tug‘risida”gi qarorlariga asosan “Samarkand city” turizm zonasi qurilishi rejalashtirilgan xududdagi fuqarolarga tegishli turar va noturar binolarni belgilangan tartibda buzish va xududda tozalash ishlarini olib borish ko‘zda tutilgan.


  Yuqoridagilarga asoslanib A.Temur ko‘chasi 94-manzilda joylashgan  2 ta 2 qavatli har birida 12 tadan jami 24 ta xonadonlar ko‘chirilishi belgilangan.


Viloyat hokimligi huzuridagi buziladigan ob’yektlar o‘rniga fuqarolar va yuridik shaxslarga to‘lov miqdori masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 
29 maydagi 97-sonli qarori, baholash tashkilotining xulosasi hamda mulkdorlarning roziliklariga asosan 2019-yilda 18 ta xonadon  mulkdorlariga jami 5,8 mlrd so‘m tovon pullari to‘lab berilib mulkdorlar tomonidan ko‘chish ishlari amalga oshirilgan, qolgan 6 ta xonadonning mulkdorlari bilan kelishuv ishlari amalga oshirilmaganligi sababli ushbu turar-joylarda ko‘chirish (buzish) ishlari amlga oshirilmagan.

 
 
16-May, 2023-yil 16:15 |