MUNOSABAT: RUXSATSIZ KO‘CHA VA YO‘LAKLARNI QAZISH JARIMA TO‘LANISHIGA OLIB KELADI
Zarnews.uz saytida Samarqand shahri Gulobod ko‘chasi (Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi binosi yaqini)da shahar elektr tarmoqlari xodimlari tomonidan ko‘cha kavlab tashlashgani va ishlar holiga tashlab qo‘yilgani haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, xabarda aytilgan holat tezda joyiga borib o‘rganildi va haqiqatan ham hududda elektr energiyasida uzilish bo‘lganligi hamda muammoni bartaraf etish ishlari ko‘chani kavlab amalga oshirilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
Biroq ishlarni tashkil etish belgilangan talablar asosida olib borilmaganligi sababli mutasaddi tashkilotlar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirganlarga nisbatan tegishli tartibda Dalolatnoma tuzilib, chora ko‘rildi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda ishlar yakunlanish arafasida va kun yakuniga qadar muammo to‘liq bartaraf etilaadi va ko‘chaning qazilgan qismigaa asfalt yotqiziladi.
Yangiliklar
24-Dekabr, 2024-yil
23-Dekabr, 2024-yil