Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MUNOSABAT: QUDUQLARNI KIM QAPQOQSIZ QOLDIRYAPTI?

Munosabat: Quduqlarni kim qapqoqsiz qoldiryapti?

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand shahri Narpay ko‘chasida kanalizatsiya qudug‘ining qapqog‘i yo‘qligi va ochiq holatda qolgani ko‘plab noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani haqida xabar  tarqalgan edi.  

Ko‘rsatilgan holat tezda borib o‘rganildi va mavjud muammo mutasaddilar tomonidan bartaraf etildi. 

Shu o‘rinda shuni ma’lum qilamizki,  shahardagi mavjud quduqlarning har biriga maxsus qapqoqlar o‘z vaqtida o‘rnatilgan. Ammo kimlardir ularni qandaydir maqsadda olib ketish holati ko‘p kuzatilyapti. 

Hurmatli Samarqand shahri fuqarolari va shahrimiz mehmonlari, agar siz shahrimizda joylashgan ana shunday quduq qapqoqlarining olib ketilayotganiga guvoh bo‘lsangiz tasvirga oling va bizga xabar qiling.  Bu orqali oz bo‘lsa-da, shahrimiz farovonligi va go‘zalligiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.

 
 
26-Fevral, 2024-yil 8:23 |