Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MUNOSABAT: QUDUQ QAPQOG‘I KIMGA KERAK BO‘LYAPTI?

Munosabat: Quduq qapqog‘i kimga kerak bo‘lyapti?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi ko‘chalarning birida joylashgan kanalizatsiya qudug‘ining qopqog‘i yo‘qligi va noqulaylik tug‘dirayotgani haqida xabar tarqaldi.

Xabarda ko‘rsatilgan muammo tezda borib o‘rganildi va kamchilikka barham berildi. 

Shu o‘rinda ma’lum qilamizki,  shahardagi mavjud kanalizatsiya quduqlarining har biriga maxsus qopqoqlar o‘z vaqtida o‘rnatilgan. Ammo ularni fuqarolar tomonidan olib ketish holati kuzatilyapti. 

Hurmatli Samarqand shahri fuqarolari va shahrimiz mehmonlari, agar siz shahrimizda joylashgan ana shunday quduq qopqoqlarining olib ketilayotganiga guvoh bo‘lsangiz tasvirga oling va xabar qiling.  Bu orqali shahrimiz obodligi va go‘zalligiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.

 
 
9-May, 2024-yil 8:02 |