Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MUNOSABAT: QORASUV MASKANIDAGI KO'CHMA DO'KONNING QONUNIYLIGI O'RGANILMOQDA

Munosabat: Qorasuv maskanidagi ko'chma do'konning qonuniyligi o'rganilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda "Samarqandning Qorasuv massivida turuvchilar avtoparkovkada kutilmaganda bunaqa ko‘chma do‘kon paydo bo‘lib qolganidan norozi" sarlavhali xabar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, muammo nazoratga olingan.

Sohaga mas'ul mutasaddi tashkilotlar tomonidan ushbu ko'chma savdo do'konining qonuniyligi tegishli tartibda o'rganilmoqda.

O'rganish natijalari yuzasidan qo'shimcha axborot beriladi.

 
 
18-Aprel, 2023-yil 15:19 |