MUNOSABAT: MADANIYATDAGI ELEKTR BILAN BOG'LIQ MUAMMO BO'YICHA ZARURIY CHORALAR KO‘RILMOQDA

Samarqand shahar, Kimyogarlar qo‘rg‘oni, Madaniyat mahallasida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilayotganligi xususida video murojaat e'lon qilindi.
Mazkur video murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Xabaringiz bor havo harorati sovushi bilan elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortadi. Shunday bo‘lsa-da, elektr ta’minoti korxonalari aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr uzatish tarmoqlarida iste’mol yuklamasining ortishi natijasida yuzaga kelayotgan avariya holatlarini bartaraf etish maqsadida tunu kun faoliyat olib borishmoqda.
Murojaatda keltirib o‘tilgan manzilda ham "Juma-Loyish" 110 kV yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida kiritilgan cheklov sababli elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni kunlarda mazkur holatlarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilayotganligini ma'lum qilamiz.
16-Fevral, 2023-yil 15:03 |
Yangiliklar
Samarqand Delegatsiyasi Italiyaning Point Innovatsiya Markazidai
10-Iyul, 2025-yil
Islohоtlar Mazmuni Muhokamasiga Bag‘Ishlangan Seminari
9-Iyul, 2025-yil
Samarqand Shahrida Targ‘Ibot Tadbirii
9-Iyul, 2025-yil
Vaqtinchalik Ichimlik Suvi TaʼMinoti To‘Xtatildii
8-Iyul, 2025-yil