MUNOSABAT: KO‘CHANING QAZILGAN QISMI ASFALT QILINADI
Ya-Samarkandes facebook gruppasi orqali Samarqand shahridagi Shota Rustaveli ko‘chasining ko‘plab joylari kovlab tashlangani va bu transport vositalarining harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, xabarda aytilgan muammo mas’ullar ishtirokida joyiga borib o‘rganildi va ko‘chaning bir qismi haqiqatan ham qazilgani va qayta asfalt qilinmay ketilgani ochiqlandi.
Aytish o‘rinliki, ko‘cha 2023 yilning oxiri va joriy yil boshida shu holatga kelgan bo‘lib, ko‘chada gaz quvurlarini tortish ishlari olib borilgan. Ko‘chaning asfalt qilinmay kelinayotganiga esa asfalt zavodda vaqtincha mahsulot bo‘lmay kelganligi sabab bo‘lgan. Shu bois tez kunlarda asfalt olinadi va ko‘chaga asfalt yotqizish ishlari olib boriladi.
Yangiliklar
24-Dekabr, 2024-yil
23-Dekabr, 2024-yil