MUNOSABAT: GULISTON KO‘CHASIDAGI YO‘LNING BUZILGAN QISMLARI TA’MIRLANADI

"Grajdanskiy Kontrol" Facebook sahifasida Samarqand shahrining Guliston ko‘chasi o‘ta ta’mirtalab ahvolda bo‘lib, mas’ullardan shu ko‘chaning ta’miriga amaliy yordam berishlari haqidagi xabar tarqaldi.
Mazkur holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, xabarda aytilgan holat Samarqand shahrining Dukchiyon mahallasida bo‘lib, muammo mas’ullar tomonidan to‘liq nazoratga olindi.
Ayni kunlarda Samarqand shahrining asosiy va ichki ko‘chalarida mavjud yo‘lning buzilgan qismi va chuqurchalar Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan yamab chiqilmoqda. Dukchiyon mahallasidagi ushbu ko‘cha ham yaqin fursatlarda tartibga olinadi.
1-Avgust, 2023-yil 9:26 |
Yangiliklar
Davlat Kadastrlari Palatasi Samarqand Shahar Filialiga Yangi Rahbar Tayinlandii
14-Oktabr, 2025-yil
Ko'chma Savdo Joyi, Yo'l Yoqasida - Sx182759i
14-Oktabr, 2025-yil
Ko'chma Savdo Joyi, Bino Oldida - Sx183194i
13-Oktabr, 2025-yil
Yoshlar Bizning Kelajagimiz!i
10-Oktabr, 2025-yil