Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MUNOSABAT: BUYUK IPAK YO‘LI KO‘CHASIDA TO‘LIQ TA’MIRLASH ISHLARI BOSHLANDI

Munosabat: Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida to‘liq ta’mirlash ishlari boshlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida chuqurchalar paydo bo‘lgani haqida xabar tarqaldi.

Ko‘chaning xabarda aytilgan qismi tezda ta’mirlandi va ko‘cha bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Keyingi yillarda Samarqand shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Buni shaharning istalgan ko‘chasi misolida ham ko‘rish mumkin. 

Endilikda Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida ham to‘liq ta’mirlash ishlari olib boriladi. Ko‘chaga to‘liq asfalt qoplamasi yotqizilib, tungi yoritish moslamalari o‘rnatiladi va piyodalar yurish yo‘li hamda yashil maydonlar ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ko‘chani obodonlashtirish-ta’mirlash boshlandi.

Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi axborot xizmati.

 
 
13-Sentabr, 2024-yil 16:28 |