MUNOSABAT: BIRORTA FUQARONING MULKI KOMPENSATSIYA PULI TO‘LAB BERILMASA BUZILMAYDI
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri Shirin mahallasida yashovchi
2021 yilda yashash xonadoni SNOSga tushgan fuqaroning murojaatida kompensatsiya puli to‘lab berilmayotgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15-16 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida va viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlari bo‘yicha 20-sonli bayoniga asosan, Samarqand shahar Shirin massivida 295 gektar maydonda
90 ming nafar aholiga muljallangan shaharcha bunyod etib, 148 ta ko‘p qavatli uylar, 85 gektar maydonda parklar va dam olish maskanlari barpo etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, xalq deputatlari Samarqand viloyat Samarqand shahar kengashining 2021 yil 18 martdagi “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishiga va buzilishi talab etilayotgan ko‘chmas mulk ob’yektlarini kompensatsiya ajratib, ko‘chirishga ruxsat berish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 iyuldagi PQ 233 sonli “Samarqand shahrida Shirin zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turarjoylar kompleksini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan hududda joylashgan 2372 ta turar va noturar obyektlar (ko‘chirilishi) buzilishi belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, bugungi kunda joyida ishlovchi komissiya tomonidan obyekt mulkdorlari bilan kelishuv ishlari olib borilmoqda. 2021 yildan hozirgi kunga qadar umumiy 1626 nafar mulkdorning rozilik arizalari va FIB Samarqand shahar sudining hal qiluv qarorlariga asosan, 282 483 377 (ikki yuz sakson ikki milliard to‘rt yuz sakson uch million uch yuz yetmish yetti ming) so‘m tovon pullari to‘liq to‘lab berildi.
Barcha obyektlar mulkdorlar tomonidan tovon pullari to‘lab berilgandan so‘ng buzib olib ketilgan.
Shuningdek, 05.07.2024 yil holatiga yuzdan ortiq fuqarolarning rozilik arizalari asosan, tovon mablag‘larini ajratish uchun FIB Samarqand shahar sudiga tegishli hujjatlar topshirilib mablag‘ ajratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shirin mahallasida foydalanishida bo‘lgan obyektlar noqonuniy buzilishi to‘g‘risida murojaat qilgan fuqaro Fayziyev Jo‘rabekka hududda joylashgan obyekt Samarqand shahar hokimining 28.02.2008 yildagi 191-Q sonli “Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, tegishli bo‘lib, bugungi kunda fuqaro bilan kelishuvga erishilmaganligi sababli FIB Samarqand shahar sudiga obyektning haqiqiy bozor qiymatini aniqlash va odil hukm chiqarish uchun tegishli da’vo ariza bilan murojaat qilingan.
Shuningdek, Fayziyev Jo‘rabekning onasi Jumayeva Tursinoy hududda joylashgan turarjoy obyekti Samarqand shahar hokimining “Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, tegishli bo‘lib, mazkur obyekt masalasida ham FIB Samarqand shahar sudiga murojaat qilingan.
Yangiliklar
3-Dekabr, 2024-yil
2-Dekabr, 2024-yil