Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MUNOSABAT: BINO ATROFI YORITILDI VA LIFT ISHGA TUSHDI

Munosabat: Bino atrofi yoritildi va lift ishga tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining Beruniy ko‘chasida joylashgan 86 va 144-ko‘p qavatli uylarning atrofi elektr energiyasi yo‘qligi natijasida qorong‘u holatda ekani, binoga kirish liftlari ishlamayotgani va bu aholiga noqulayliklar tug‘dirayotgani haqida xabar tarqaldi.


Mazkur holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, ushbu ikki uyda haqiqatan ham shunday muammo mavjud. Sababi, ushbu uylarda yashovchi fuqarolar tomonidan 2020 va 2022 yillar davomida majburiy badal puli to‘lanmay kelingan. Natijada esa lift va tashqi chiroqlarda qarzdorlik yuzaga kelgan bo‘lib, shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan lift va binoning tashqi qismi elektr energiyasidan uzib qo‘yilgan.


Bugungi kunda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida tegishli tashkilotlar ko‘magi va "Oltin Asr" MCHJ tomonidan ushbu qarzdorlikning bir qismi qoplab berildi. Shuningdek, lift va tashqi chiroqlar ishga tushirilishi ta’minlandi.

 
 
15-Aprel, 2023-yil 21:15 |