MUNOSABAT: AYRIMLAR KATTA MABLAG‘ TALAB QILMOQDA
EFFECT.UZ saytida qurilayotgan yangi xalqaro aeroport sabab hududdagi uylar buzilishga tushgani, ammo bu yerda yashab kelgan 50 taga yaqin mulklarining mulki arzon baholanayotganidan haqidagi xabar e’lon qilindi.
Holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, Samarqand shahar aeroporti kengayishi munosabati bilan hududda joylashgan turarjoy va dala-hovlilar tasdiqlangan nizom talablari asosida buzilishi belgilangan bo‘lib, mulkdorlar bilan tegishli tartibda kelishuv ishlari olib borilib tovon mablag‘lari to‘lab berilmoqda.
Biroq fuqarolar buzilishga tushgan dala-hovlilari uchun bozor narxidan baland mablag‘ talab qilganliklari, ularga mos ravishda boshqa uy-joy va dala-hovlilar taklif qilinganda ham barcha takliflarni asossiz ravishda rad etayotganliklari, o‘zlari tomonidan xususiy baholovchi tashkilotlarga murojaat qilish taklif etilsa-da, turli vajlar bilan takliflarni inkor qilib kelmoqdalar. Elektrdagi uzilish ham amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari sabab yuzaga kelmoqda.
Yangiliklar
5-Noyabr, 2024-yil
4-Noyabr, 2024-yil
4-Noyabr, 2024-yil
4-Noyabr, 2024-yil