MUNOSABAT: ABDURAHMON JOMIY KO‘CHASIDA "MIRZO ULUG‘BEK" BOG‘I BARPO ETILADI
Ijtimoiy tarmoqlarda yaqinda ta’mirlanib foydalanishga topshirilgan Samarqand shahridagi Abdurahmon Jomiy nomi bilan ataluvchi ko‘chaning Universitet xiyoboni bilan kesishmasidan boshlangan piyodalar yurish qismi yana buzib olinayotgani haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, 2021 yil oktyabr oyida A.Jomiy ko‘chasidagi piyodalar yo‘lini ta’mirlash ishlari “Tolib bobo” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, ko‘chaning Bobur Mirzo ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi loyihada ko‘zda tutilgan ishlarning ayrimlari amaldagi holat bilan farq qilgan. Shuningdek, “Konfusiy” maydoniga hamohang tarzda "Mirzo Ulug‘bek" bog‘i barpo etilishi loyihasi doirasida, ushbu piyodalar yo‘lagi arxitektura va shaharsozlik talablari hamda dizayni asosida “Tolib bobo” MCHJ hisobidan tartibga keltirilishi nazarda tutilgan.
Bu ishlar kuz-qish mavsumi yakunlanishi hamda "Mirzo Ulug‘bek" bog‘ini tashkil etilishi loyihasini amalga oshirilishi jarayonida to‘g‘rilanishi reja qilingan bo‘lib, joriy yilning 1 aprelidan boshlandi va ishlar qisqa muddatda yakunlanadi.
Shu o‘rinda, qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan yangi "Mirzo Ulug‘bek" bog‘iga to‘xtalsak. Bog‘da aholi, ayniqsa talabalar hamda turistlarga mo‘ljallangan madaniy hordiq chiqarish uchun sharoit qilinadi va turli xil manzarali daraxtlar, rang-barang gullar ekilib, turizm shahriga mos keladigan tungi yoritish chiroqlari hamda shinam o‘rindiqlar joy oladi.
Darvoqe, hududdagi obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari doirasida mavjud daraxtlarga ham shikast yetkazmaslik e’tibordagi asosiy masalalardan biridir.
Yangiliklar
21-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
20-Noyabr, 2024-yil
19-Noyabr, 2024-yil