MUNOSABAT: 2022-2025 YILLARDA SHAHARNING ICHKI KO‘CHALARI HAM TO‘LIQ TA’MIRLAB BO‘LINADI
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar 2-sektor hududida joylashgan “Maroqand” MFY, Maroqand ko‘cha 28-uyda bundan ikki yil oldin mahalla tadbirkori M.Pulatovning tashabbusi bilan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi talab darajasida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda bog‘cha yo‘li asfalt qilinmagani sababli tadbirkor kasod bo‘lish darajasigacha yetganidan shikoyat qilingan.
Mazkur holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, xabarda aytilgan muammo mas’ullar ishtirokida tezda joyiga borib o‘rganildi va xabarda aytilgan holat haqiqatan ham mavjudligi aniqlandi.
Shu o‘rinda shuni eslatib o‘tamizki, ayni kunlarda Samarqand shahrining asosiy ko‘chalariga to‘liq asfalt qoplamalari yotqizilib, ko‘chalar zamonaviy qiyofaga keltirilmoqda. Shuningdek, bosqichma-bosqich shahardagi ichki ko‘chalarga ham asfalt yotqizish rejalashtirilgan bo‘lib, 2022-2025 yillarda shahar ko‘chalari to‘liq ta’mirlanib, asfalt yotqizib bo‘linadi va ushbu ko‘cha ham e’tibordan chetda qolmaydi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.