Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MUHTOJLAR HOLIDAN XABAR OLINDI, ULAR UCHUN OSH DAMLANDI

Muhtojlar holidan xabar olindi, ular uchun osh damlandi

Muhtojlar holidan xabar olindi, ular uchun osh damlandi

Ayni sovuq kunlarda Samarqand shahrida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan oilalar va yakka yolg‘iz yashovchi keksalar holidan xabar olindi.

Samarqand shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan xayrli tadbirlarda mahalla raislari, hokim yordamchilari hamda xotin qizlar faolidan iborat bir guruh mas’ullar ishtirokida mahallalardagi oilalarning yashash sharoiti va ularning muammolari o‘rganilib, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Shuningdek, sektor rahbarlari tomonidan homiylar ishtirokida issiq ovqatlar ham tayyorlanib, muhtojlar va ushbu jarayonda ishtirok etayotgan xizmatchilarga ham tarqatildi.
 

 
 
15-Yanvar, 2023-yil 12:43 |