MIRZO ULUG‘BEK VA GAGARIN KO‘CHASI TUTASHMASINING MARKAZIY QISMIDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI CHEKLANADI
Samarqand shahrining Gagarin ko‘chasida to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilayotgani haqida hokimlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali muntazam xabar berib boryapmiz.
Bugun, 9 noyabr kunidan boshlab Gagarin va Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasining markaziy qismi (Bog‘ishamol krug)da kengaytirilgan ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan yo‘lning o‘rta qismida ishlar yakunlangunga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi.
Eslatib o‘tamiz, asosiy yo‘lning yondosh qismi (karmanka)dagi qo‘shimcha yo‘llarda harakat davom etaveradi.
Bu haqda qo‘shimcha axborot berib boramiz...
9-Noyabr, 2023-yil 9:39 |
Yangiliklar
Munosabat: Buyuk Ipak Yo‘Li Ko‘Chasida To‘Liq Ta’Mirlash Ishlari Boshlandii
13-Sentabr, 2024-yil
Imom Vose Mahallasi Mulkdorlari Bilan Muhokama O‘Tkazildii
12-Sentabr, 2024-yil