Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MIRZO BEDILDA AHOLI UCHUN SHAROIT YARATILGAN

Mirzo Bedilda aholi uchun sharoit yaratilgan

 

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand shahri Mirzo Bedil mahallasining Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi yer uchastkalari tadbirkorlarga berib yuborilayotgani, aholining erkin aylanishi va bolalar o‘ynashi uchun bo‘sh yer qolmagani haqida xabar tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki,  ushbu hududda tashkil qilingan savdo do‘konlarining aksariyati tegishli hujjatlarga ega bo‘lib, ular yillar davomida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Shu bilan birga, ko‘chaning ushbu qismida joylashgan ko‘p qavatli uylarning orqa qismida kattalar va bolalar uchun barcha sharoitlar qilingan. 

Shu o‘rinda, hududdagi noqonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning faoliyati tartibga olinishini ma’lum qilamiz.

 
 
10-Iyun, 2024-yil 16:45 |