MIGRATSIYADA BO‘LIB TURGAN YOSHLARDAN HOL SO‘RALDI

Samarqand shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Farhod Nishonov migratsiyada bo‘lib turgan yigit-qizlar bilan onlayn muloqot qildi.
Muloqotda AQSH, Rossiya va Shvesiya davlatlarida o‘qish uchun ketgan va ishlab turgan yoshlar bilan suhbatlashdi.
Dildan bo‘lgan suhbat davomida Vatandoshlarimizdan hol-ahvol so‘raldi, o‘qish va ishlariga to‘xtalinib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Shuningdek, migratsiyadagilarning fikr-mulohaza, muammo va takliflari tinglandi. Samimiy ruhda o‘tgan suhbatda xorijdagi hamshaharlarimiz davlatimizdan minnatdor ekanini bildirishdi.
23-Iyul, 2024-yil 19:03 |
Yangiliklar
Davlat Kadastrlari Palatasi Samarqand Shahar Filialiga Yangi Rahbar Tayinlandii
14-Oktabr, 2025-yil
Ko'chma Savdo Joyi, Yo'l Yoqasida - Sx182759i
14-Oktabr, 2025-yil
Ko'chma Savdo Joyi, Bino Oldida - Sx183194i
13-Oktabr, 2025-yil
Yoshlar Bizning Kelajagimiz!i
10-Oktabr, 2025-yil