MATBUOT ANJUMANIDA:

Qayd etilishicha, Samarqand shahridagi temiryo‘l orti qismida 3 mingga yaqin ma’nan eskirgan uy-joy o‘rnida renovatsiya loyihasi asosida 100 ming aholi uchun mo‘ljallangan ko‘p xonadonli uy-joylar massivi quriladi.
Massiv 301 gektar maydonni egallab, shundan 141 gektarida turar-joylar bunyod etiladi. Massivda zamonaviy turar-joylar, ma’muriy markaz, xizmat ko‘rsatish binolari, aholi uchun madaniy dam olish maskanlari, xiyobon va sayilgohlar hamda sanoat korxonalari ham barpo etiladi.
Bugungi kunda 1-bosqida 45 gektar yer maydoni tanlab olinib, 30 ta lotlarga bo‘lingan holda massiv qurilishini boshlash uchun 15 dan ortiq salohiyatli qurilish-pudrat tashkilotlari jalb qilingan. Tashabbuskor investorlar tomonidan mulkdorlar o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda.
Yangiliklar
10-Iyul, 2025-yil
9-Iyul, 2025-yil
9-Iyul, 2025-yil
8-Iyul, 2025-yil
7-Iyul, 2025-yil