"MARKAZIY OSIYO - YEVROPA ITTIFOQI" FORMATIDAGI BIRINCHI OLIY DARAJADAGI RASMIY UCHRASHUV YAKUNLANGACH, YETAKCHILAR BIRGALIKDA OROL MADANIYAT SAMMITI EKSPOZISIYASIGA TASHRIF BUYURDILAR.

Ko‘rgazmada Orol ekotizimini tiklash, hududning madaniy merosini asrab-avaylash va barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan noyob tashabbuslar namoyish etildi. Bu yerda vizual, sensor va interfaol vositalar orqali Orolbo‘yining tabiiy va madaniy boyligi bilan tanishish mumkin.
Ko‘rgazmadan me’morchilik va landshaft fotografiyasiga ixtisoslashgan mashhur fotosuratchi Ivan Baanning asarlari, Qoraqalpog‘iston uchun xos o‘simlik hisoblangan qamishdan yaratilgan floristik kompozisiya, shuningdek, Orolbo‘yining an’anaviy mahsulotlari - saksovul urug‘i, chig‘anoqlar, tabiiy tuz, quritilgan isiriq, naqshli namat va boshqa ko‘plab eksponatlar o‘rin olgan.
4-Aprel, 2025-yil 16:12 |
Yangiliklar
Chiqindi Uchun Xizmat Narxini Oshirish Kerakmi?i
13-May, 2025-yil
Mehnat Faxriylari Holidan Xabar Olindii
9-May, 2025-yil
Sayyor Qabul – Amaliy Yechimlar Maydonii
8-May, 2025-yil