Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

MAQSAD – MAHALLA YETTILIGINING MAS’ULIYATINI OSHIRISH

Maqsad – mahalla yettiligining mas’uliyatini oshirish

Samarqand shahrida mahalla tizimi xodimlarining bilim va malakalarini oshirish bo‘yicha  o‘quv seminari tashkil etildi.

Uni o‘tkazishdan maqsad ularning bilim va ko‘nikmalarini, asosiysi, mas’uliyatini oshirishdir. 

Seminarning ochilishida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi markaz direktori X.Ochilov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov, shahar hokimi o‘rinbosarlari D.Xabibullayev, R.Toshniyozova,  shahar Mahalla uyushmasi bo‘lim boshlig‘i J.Qodirovlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, seminarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi rahbari N.Sadinova, "Bog‘imaydon" mahallasi raisi T.Rahmatullayev,  hamda mahalla yettiligi ishini tashkil etishda mas’ul bo‘lgan shahar  tashkilot rahbarlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

 
 
11-Sentabr, 2025-yil 14:17 |