MA'NAVIY-MA'RIFIY SOHADA NAMUNALI DEB TOPILGANLAR E'TIROF ETILDI
shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashi 2023-yilda ma’naviy -ma’rifiy sohada yuqori samaradorlikka erishgani uchun shahardagi Devori Ko‘ndalang mahallasi "Namunali mahalla", 20-umumta’lim maktabi
"Namunali maktab", 36-maktabgacha ta’lim tashkiloti "Namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti", 2-Oilaviy poliklinika "Namunali tashkilot", Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizoniga qarashli 13060-harbiy qismni "Namunali harbiy qism" deb e’tirof etdi.
Namunali deb e'tirof etilgan mahalla, korxona, tashkilot, muassasa va harbiy qism rahbarlariga shahar hokimi, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Fazliddin Umarovning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish uchun, ularning ish tajribasini ommalashtirish bo‘yicha tegishli ma’sullarga ko‘rsatma berildi.
Yangiliklar
3-Dekabr, 2024-yil
2-Dekabr, 2024-yil