Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-24-96

MA’MURIY ISHLARNI KO‘RMASDAN QOLDIRISH, ISH YURITISHNI TUGATISH, QAYTARILISHI VA QABUL QILISHNI RAD ETISH ASOSLARI

Ma’muriy ishlarni ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, qaytarilishi va qabul qilishni rad etish asoslari


2017 yil 1 iyundan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy sudlari tashkil etildi.

Uning huquqiy asosi esa 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi bilan mustahkamlab qo‘yildi.

Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksda Ma’muriy ishlari ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, qaytarilishi va qabul qilish rad etish asoslari ko‘rsatilgan.

Jumaladan, Kodeksning 105-moddasida, sud quyidagi hollarda arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan qoldiradi, agar:

1) fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud ish yurituvida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;

2) ariza (shikoyat) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqei yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;

3) arizachi birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmagan bo‘lsa;

4) arizachining manfaatlarini ko‘zlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arz qilingan talabdan arizachi voz kechgan bo‘lsa.

Arizani ko‘rmasdan qoldirilgan holatda arizachi tomonidan ko‘rmasdan qoldirishga asos bo‘lgan holatlarni bartaraf qilinib, sud qayta murojaat qilish huquqi saqlanib qoladi.

Kodeksning 108-moddasida, sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:

1) ish ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa;

2) sudning ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa;

3) arizachi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;

4) ishda taraf hisoblangan fuqaroning vafot etganidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;

5) arizachi talabidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan bo‘lsa;

6) davlat ro‘yxatidan o‘tishni rad etish yoki bundan bo‘yin tovlash to‘g‘risidagi arizani (shikoyatni) ko‘rilayotganda huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqqan bo‘lsa;

7) to‘plangan materiallarning yo‘qotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli emasligi.

Arizani bo‘yicha ish yuritish tugatilganda sudga qayta murojaat qilish huquqini ham yo‘qotadi. Arizani ko‘rmasdan qoldirish va ariza bo‘yicha ish yuritishni tugatish farqli jixati ham shundan iborat.

Kodeksning 133-moddasida, Sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

1) ish ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa;

2) ma’muriy sudning ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;

3) sudning ish yuritishida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa.

Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish rad etilganda sudga qayta shu mazmunda murojaat qilish huquqini ham yo‘qotadi.

 Kodeksning 134-moddasida Sudya arizani (shikoyatni) va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar:

1) arizaning (shikoyatning) ushbu Kodeksning 128-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo‘lsa;

2) o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lib, ularning ayrimlari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lsa;

3) ariza (shikoyat) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoxud mansab mavqei yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;

4) ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo‘lmasa;

5) javobgar va uchinchi shaxslarga arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa;

6) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘lashni kechiktirish,

Bexato, [29.08.2024 12:07]
bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;

Bexato, [29.08.2024 12:07]
7) bitta arizada (shikoyatda) bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan o‘zaro bog‘lanmagan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lsa;

8) arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar arizani (shikoyatni) qaytarib olish to‘g‘risida arizachidan ariza kelib tushgan bo‘lsa.

Arizaning (shikoyatning) qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin sudga takroran umumiy tartibda murojaat etishga huquqini ham saqlab qoladi.

Samarqand viloyat ma’muriy

sudi sudyasi                                                                                                         R.B.Ochilov

 
 
22-Iyun, 2022-yil 13:59 |