“MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY – VATAN VA MA’RIFAT FIDOYISI” NOMLI IJODIY UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.
Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi hamkorligida jadid ma’rifatparvari Mahmudxo‘ja Behbudiy tavallud kuni munosabati bilan “Mahmudxo‘ja Behbudiy – Vatan va ma’rifat fidoyisi” nomli ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi va Toshkent kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali mas'ullari ishtirok etib, Behbudiyning hayoti, serqirra faoliyati va millat taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirgan buyuk xizmatlari haqida ma’lumotlar berishdi.
Tadbir davomida shahardagi 6-,9-, 10-, 41 hamda 42-maktablarning o‘quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar va rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
20-Yanvar, 2026-yil 18:54 |
Yangiliklar
"Darg‘Om" Kanali Bo‘Yida Zamonaviy Dam Olish Bog‘I Barpo Etilmoqdai
21-Yanvar, 2026-yil
📈 I N F O G R A F I K Ai
19-Yanvar, 2026-yil
19-Yanvar – MahmudxoʻJa Behbudiy Tavallud Topgan Kun!i
19-Yanvar, 2026-yil