MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN O‘QUV-SEMINARI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 11 apreldagi "Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun mohiyati to‘g‘risida 3-sektor hududidagi mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminarda Samarqand shahar Adliya bo‘limi, shahar IIO FMB hamda shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ul xodimlarining ma’ruzalari tenglanib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi va ularning huquqiy bilimlari oshirildi.