Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

MAHALLA RAHBARLARI BILAN MUHOKAMA – VIJDON ERKINLIGI VA MA’RIFAT YO‘LIDA

Mahalla rahbarlari bilan muhokama – vijdon erkinligi va ma’rifat yo‘lida

Samarqand shahridagi yoshlar markazida viloyat hokimining o‘rinbosari Bobur Karimov Samarqand shahridagi mahalla raislari va mahalla mullalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
 
Unda asosiy e’tibor Prezidentimiz tomonidan joriy yil 21-aprel kuni qabul qilingan “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonning mazmuniga qaratildi.

Shuningdek, 2025-yil fevral oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ning ahamiyati, uni mahallarda amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda joylardagi diniy-ma’rifiy muhitni sog‘lomlashtirish, aholi orasida bag‘rikenglik va totuvlikni mustahkamlashga doir vazifalar belgilab olindi.

 
 
25-Iyun, 2025-yil 12:40 |